Orol dengiziga suv qaytmoqda, Aralsk shahridan qirg‘oqqacha bo‘lgan masofa 10 marta qisqardi, deya xabar bermoqda “Obshchestvo i ekologiya” gazetasi.
Aralsk o‘zi yo‘qotgan port bandargohi statusini qaytarib olishi mumkin. Ayni paytda mintaqada “Sirdaryo daryosi o‘zanini tartibga solish va Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolish” asr loyihasi amalga oshirilmoqda. U tufayli birinchi yasama dengiz — Kichik Orolni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.
Sayozlanish yillarida suv shahardan 150 kilometr uzoqqa ketgan bo‘lsa, bugungi kunda bu masofa 17 kilometrgacha qisqardi.
Gazeta yozishicha, endi Qozog‘iston loyihasi ikkinchi bosqichga o‘tmoqda. U amalga oshirilishi natijasida dengiz akvatoriyasi uch marta kattalashishi kutilmoqda.
Izoh (0)