Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati—2018 ikkinchi saralash bosqichi, 5-turi doirasidagi Bahraynga qarshi o‘yin uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Bahraynga qarshi uchrashuvi 8-oktabr kuni Manama shahrida bo‘lib o‘tadi.
Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Bahraynga qarshi o‘yin uchun tanlangan tarkibini keltirib o‘tamiz.
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Nasaf”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”).
Himoyachilar: Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Yegor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Shavkat Mullajonov (“Lokomotiv”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Shuhrat Muhammadiyev (“Nasaf”).
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Server Jeparov (“Ulsan”, Janubiy Koreya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob”, BAA), Fozil Musayev (“Sepahon”, Eron), Sardor Rashidov (“Al-Jayish”, Qatar), Sanjar Tursunov (“Vorskla”, Ukraina), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Lokomotiv”), Sanjar Shoahmedov (“Lokomotiv”).
Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”).
Izoh (0)