Novosibirsk davlat Iqtisodiyot va menejment universitetining 20 yoshli talabasi Irina Cheryomnix Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan plus size o‘lchamdagi qizlar uchun “Shimoliy Avrora – 2015” go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi. Tanlovning majburiy sharti 50 dan kichik bo‘lmagan o‘lchamdagi kiyim sohibasi bo‘lish edi, deb xabar beradi “BigPicture”.
Irina Cheryomnix bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalish “Miss Shimoliy Avrora – 2015” va “Miss Latofat” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Unga ko‘plab sovg‘a va sertifikatlar, jumladan, shahar tashqarisidagi mehmonxonada dam olish imkoniyatini beruvchi sertifikat topshirildi.
“Aslida semizlik atrofingizda yoqimli muloqot doirasini shakllantirishga yordam beradi. Yoningizda tashqi ko‘rinishingiz emas, faqat siz va sizning ichki dunyongizga qiziquvchi kishilar qoladi”, — deydi Irina.
U Novosibirskda model bo‘lib ishlaydi va bir nechta do‘konlar reklamasi uchun suratga tushgan.
Izoh (0)