Adidas kompaniyasi tomonidan “Messi jamoasi” global fan-harakatiga start berildi, shuningdek, “Barselona” hujumchisi uchun maxsus Messi 15 deb nomlangan butsalar yaratildi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar bermoqda.
Dunyoning turli klublaridan saralab olingan 10 nafar futbolchi “Messi jamoasi”ning ilk o‘yinchilari bo‘ldi. “Ularni Messi tanlab olgan” kampaniyasi doirasida yosh futbolchilar qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari to‘g‘risida YouTube orqali namoyish etiladigan videoroliklarda hikoya qiladi.
Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishishingiz mumkin.
Robert Kenedi (Braziliya, “Chelsi”)Maksvel Korne (Fransiya, “Lion”)Jeremi Boga (Fransiya, “Chelsi”)Akkursio Bentivenya (Italiya, “Palermo”)Jeyms Uilson (Buyuk Britaniya, “Manchester Yunayted”)Timo Verner (Germaniya, “Shtutgart”)Aleksey Miranchuk (Rossiya, “Lokomotiv”)Guazi Zardes (AQSh, “Los-Andjeles Gelaksi”)Markos Lopes (Portugaliya, “Monako”)Kayri Shelton (AQSh, “Nyu-York Siti”)
Futbolchilar Messi 15 butsalarida mavsumning barcha o‘yinlarida maydonga tushadi.
Izoh (0)