Indoneziyaning G‘arbiy Papua viloyatida yuz bergan 6,9 magnitudali zilzila oqibatida kamida 62 kishiga shikast yetdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Sinxua agentligi ma’lumotlariga qaraganda, tabiiy ofat natijasida 200 ga yaqin uy vayron bo‘lgan.
AQSh geologiya xizmatining ma’lum qilishicha, Indoneziya sohillarida 6,9 magnitudali yer qimirlashi 24-sentabr, payshanba kuni yuz bergan. Zilzila mahalliy vaqt bo‘yicha 22:53 da G‘arbiy Papua viloyatining Sorong shahridan 29 kilometr shimolda qayd etildi. Uning o‘chog‘i 64,2 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Izoh (0)