O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million 30 ming dollarni tashkil qiluvchi turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Bu haqda “Olamsport” xabar beradi.
Istomin ikkinchi davra uchrashuvida germaniyalik Benjamin Bekkerni mag‘lubiyatga uchratdi. Uch set davom etgan bahsda tennischi tajribali raqibini 2:6, 7:6, 6:4 hisobida taslim etishning uddasidan chiqdi. Denis Istomin dunyo reytingida 62, 34 yoshli Bekker esa 71-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Denis ilk davrada qozog‘istonlik Mixail Kukushkinni 7:6, 2:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)