2015-yil 22-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:43 da Qirg‘izistonda yer qimirladi. Bu haqda “Toshkent” seysmik stansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Qirg‘iziston hududida yuz bergan zilzila Rixter shkalasi bo‘yicha 4,7 ballni tashkil etgan. Zilzilaning Qirg‘izistondagi koordinatasi: 41,15 daraja sharqiy uzunlik va 72,20 daraja shimoliy kenglikda.
Seysmik stansiyaning ma’lum qilishicha, yer silkinishi Namanganda 2 balli, Farg‘onada 3 balli sezilgan. Poytaxtda esa 1 balldan pastroq bo‘lgan.
Izoh (0)