Skype servisi 21-sentabr, dushanba kuni sodir bo‘lgan to‘xtalishdan so‘ng o‘z faoliyatini tikladi. Bu haqda kompaniya Twitter orqali ma’lum qildi, deya xabar beradi “ТАСС”.
Skype ishidagi nosozlik dushanba kuni butun dunyoda kuzatildi. Foydalanuvchilar o‘zlarining hisob yozuvlariga kirishda muammolarga duch kelgan, buni uddalay olganlar qo‘ng‘iroq qilolmagan, chunki barcha foydalanuvchilar, hatto shunday bo‘lmasa-da, “Tarmoqda emas” deb ko‘ringan. Xabarlar ham ba’zan manziliga yetmagan.
Korporatsiya matbuot xizmati nosozliklar b2b segmenti foydalanuvchilariga tegishli bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Skype tezkor xabar almashish, ovozli aloqa hamda videoqo‘ng‘iroqlar amalga oshirish imkonini beruvchi bepul servis bo‘lib, Microsoft korporatsiyasi mahsuloti hisoblanadi.
Izoh (0)