NASA astronom Alan Fridman tomonidan 2015-yil 16-sentabr kuni suratga olingan Quyoshdagi protuberanets (Quyosh chetidan otilib chiqib, yonib turgan gaz alangalaridan biri) suratini ko‘rsatdi. Bu haqda agentlik saytida axborot berilgan.
Tasvirni NASA vahimali deb ta’riflagan, biroq protuberanetsning hajmi haqidagi axborotni ma’lum qilmagan. Ayni vaqtda, agentlik xabarida ta’kidlanishicha, ba’zi protuberanetslarning uzunligi ko‘ndalangiga 600 ming kilometrni tashkil etishi mumkin. Taqqoslash uchun, Quyosh tizimidagi eng katta sayyora — Yupiterning diametri 143 ming, Yerniki esa 13 ming kilometrga teng.
Protuberanetslar Quyoshning tashqi qobiqlari (uning atmosferasi)dan otilib chiqadigan muzlagan plazmadan iborat bo‘lib, yulduzning magnit maydonlari sabab tashqi tomonda ko‘tarilib turadi. Ularning tarkibi Quyosh yadrosiga mos keladi. Protuberanetslarning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasini ta’riflab beruvchi to‘liq nazariya hozirgacha mavjud emas.
Izoh (0)