BMTning Qochoqlar bo‘yicha agentligi Yevropa Ittifoqini 120 mingdan ko‘proq qochoqni qabul qilishga chaqirmoqda. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Inqirozning ushbu bosqichida ko‘chirilishga doir ishlab chiqilgan dasturlar vaziyatni barqarorlashtirish uchun yetarli hisoblanmaydi”, — deydi agentlik matbuot kotibi Melissa Fleming.
Bundan tashqari, matbuot kotibining ta’kidlashicha, agar mamlakatlar qochoqlarni ko‘proq qabul qilmasa, dastur o'z samarasini bermaydi.
Izoh (0)