Rossiyalik taniqli teleboshlovchi va shoumen Ivan Urgant ikkinchi marta ota bo‘ldi. “Segodnya.ua”ning xabar berishicha, uning turmush o‘rtog‘i — Natalya Kiknadze 21-sentabr, dushanba kuni qiz farzand tuqqan, Moskva klinikalaridan birida tug‘ilgan chaqaloqqa Valeriya deb ism qo‘yilgan.
Super nashrining qayd etishicha, oila ikkinchi farzandni kutayotganini, hatto Natalya Kiknadzening homilador ekanligini imkoni boricha yashirishga, sir tutishga harakat qildi. Ivan Urgant va Natalya Kiknadzening katta qizi — Nina Urgant hozir yetti yoshda va u maktabga qatnayapti.
Yaqinda Ivan Urgant va uning sinfdoshi hisoblangan Natalya Kiknadze birgalikdagi sakkiz yillik hayotdan so‘ng nikohlangani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)