Britaniyalik taniqli yozuvchi Jeki Kollinz 78 yoshida Los-Anjeles shahrida ko‘krak saratonidan vafot etdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Aktrisa Joan Kollinzning singlisi bo‘lmish Jeki birinchi galda Gollivud hayotiga oid ishqiy romanlari bilan tanilgan edi. Uning o‘ttizga yaqin kitoblari chop etilgan, ular orasida eng ommalashgani — “Gollivud xonimlari” 15 milliondan ziyod nusxada tarqalgan. 2013-yilda Yelizaveta II Kollinzga Britaniya imperiyasi ordenini topshirgandi.
Adibaning oila a’zolari marhuma uchun gul xarid qilmay, buning o‘rniga saraton bilan kurash markazlariga xayriya qilishga chaqirdi.
Izoh (0)