1-oktabrdan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste’molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda, deb xabar berdi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi.
Yangi preyskurantga ko‘ra, aholiga beriladigan tabiiy gazning 1 kubometri hisoblagich bo‘lgan holda 194,7 so‘mdan 208,92 so‘mga yoki 7,3 foizga oshiriladi. Hisoblagich bo‘lmagan holda ovqat pishirish va issiq suv ta’minoti uchun ishlatiladigan gazning 10 kubometri 3612,95 so‘mni tashkil qiladi (joriy tarif — 3367,95 so‘m). Isitish uchun foydalaniladigan gazning 10 kubometri 1561,5 so‘mdan 1675,55 so‘mga oshadi.
Eslatib o‘tamiz, 1-oktabrdan elektr energiyasi, issiq va sovuq suv to‘lovlari ham qimmatlashadi
Izoh (0)