Toshkentning Oloy bozori yaqinidagi ko‘p qavatli idora binosida yuz bergan yong‘in oqibatlari bartaraf etilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda binoning yong‘indan keyingi holati aks etgan suratlar paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr, juma kuni kechki soatlarda Wyndham (sobiq Dedeman) mehmonxonasi yon tomonidagi, UMS mobil aloqa operatori bosh ofisining qarshisidagi ko‘p qavatli idora binosida kuchli yong‘in kelib chiqqandi.
Hozircha mazkur hodisa yuzasidan rasmiy axborot berilgani yo‘q. Jabrlanuvchilar, yetkazilgan zarar miqdori haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fotosuratlarda binoning old qismidagi alyuminiyli kompozit panellar to‘liq yonib ketganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)