Ogayo shtatining Klivlend shahrida yuz bergan otishma oqibatida 30 yoshli erkak halok bo‘ldi, o‘n yoshli bola yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa mahalliy vaqt bo‘yicha 14:00 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 23:00), ikki yo‘lovchisi bo‘lgan avtomobil svetoforda to‘xtaganda yuz berdi. Shaxsi noma’lum afroamerikalik transport vositasiga yaqinlashib, yo‘lovchilarga qarata o‘t ochdi. Shundan so‘ng, gumonlanuvchi voqea joyidan yashirindi.
Yaralangan haydovchi avtomobilni to‘xtatguncha, biroz masofani bosib o‘tgan. Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar erkakning o‘limini qayd etdi. Yelkasidan yaralangan bola, operatsiya o‘tkazish uchun shifoxonaga yetkazildi.
Politsiya hodisa sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)