Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi elchixonasida tantanali brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Knews.kg”.
O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov barcha yig‘ilganlarni bayram sanasi bilan tabrikladi va Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi mamlakatning asosiy yutug‘i ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
“O‘zbekiston o‘z oldiga dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirish va aholiga munosib daraja va sifatdagi hayot tarzini yaratishdek yuqori maqsadni qo‘ydi”, — dedi elchi.
Shundan so‘ng u qirg‘izistonliklarni o‘tgan Qirg‘iziston Mustaqillik kuni bilan tabrikladi va mamlakatning gullab-yashnashini tiladi.
Izoh (0)