Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Aziz Abduhakimov 16-sentabr kuni Jahon banki missiyasi bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Jahon banki missiyasi rahbari — Jahon banki katta direktori va Ijtimoiy himoya va mehnat bo‘yicha global amaliyot departamenti rahbari Arup Banerji O‘zbekiston hukumati bilan ijtimoiy va mehnat sohasini rivojlantirish masalalarida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
U, shuningdek, vazirlikning aholi bandligi va ijtimoiy himoyasi muammolarini yechishga qaratilgan har qanday taklifini ko‘rib chiqishga shay ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)