Vengriya chegarasi yopilgandan so‘ng, 16-sentabr, chorshanba kuni to‘rt mingga yaqin muhojir Xorvatiyaga yetib keldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Vengriyaning 15-sentabr kunidan o‘z chegaralarini yopib qo‘yishi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga borishga urinayotgan muhojirlar yo‘nalishining Xorvatiyaga qarab o‘zgarishiga olib keldi.
Shu munosabat bilan Bolqon davlati bosh vaziri Zoran Milanovich ularga Germaniya va Skandinaviya mamlakatlariga yetib olishga ko‘mak berishini ma’lum qildi.
Izoh (0)