Rejissor Terri Gilliam Facebook’dagi sahifasida Variety internet-jurnalida adashib joylashtirilgan ta’ziyanomaga izoh berdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“O‘limim yuzasidan uzr so‘rayman, ayniqsa, men bilan uchrashish uchun chipta sotib olganlardan. Afsuski, Variety mening ketishim haqida e’lon qildi. Ularning uzr so‘raganiga ishonmang!” — deb yozdi 74 yoshli rejissor.
Nashr muharrirlari ta’ziyanoma chop etilgandan faqat bir necha soat o‘tib, xatolikni payqadi va uni to‘g‘riladi. Keyinroq nashr Twitter orqali xatoga yo‘l qo‘yganligini va buning uchun uzr so‘rashini ma’lum qildi.
Izoh (0)