Namanganlik yosh qo‘shiqchi Muhammadyusuf Isroilov Rossiyaning “Golos” loyihasi yulduziga aylanmoqchi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz”. Hozircha esa u birinchi ahamiyatli g‘alabasiga erishdi: yaqinda Belarusda bo‘lib o‘tgan “Oltin asalari” xalqaro bolalar ijodiy tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu tanlovda dunyoning 14 mamlakatidan mingga yaqin bolalar ishtirok etdi.
Namangan dizayn kollejida dasturchilik yo‘nalishida tahsil oluvchi 15 yoshli Muhammadyusuf yaqin kelajakda Rossiyaning “Golos” loyihasida qatnashmoqchi. “Hozirda ustozim Natalya Yuryevna bilan 2017-yilda ‘Golos’ loyihasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish uchun harakat qilmoqdamiz”, — dedi u va bunda unga hamyurti Sardor Milanoning muvaffaqiyatlari ilhom bag‘ishlashini qo‘shimcha qildi.