O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazining ma’lum qilishicha, keyingi hafta boshlarida O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida kunduzgi ob-havoning birdaniga 8—10 daraja pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 11—13-sentabr kunlari harorat kechasi 13—18 daraja, kunduzi 30—35 daraja atrofida bo‘ladi. 14-sentabrdan esa kechki ob-havo ko‘rsatkichi 10—15 daraja, kunduzi 22—27 darajani tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda 11—13-sentabr kunlari havo harorati kunduzi 33—38 daraja bo‘lsa, 14-sentabrdan 25—30 darajagacha pasayadi.
Tog‘li hududlarda oz miqdorda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izoh (0)