Tarixda birinchi marotaba saudiyalik ayollar haj mavsumida ziyoratga kelgan ayollarga xizmat ko‘rsatish uchun ishga qabul qilindi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.
Bugungi kunda Madina shahrida 6 nafar ayol ishga qabul qilinib, tez kunlarda Makkada ham bir qancha ayyollar ishga olinishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda Ikki Muqaddas haram xizmati uchun 100 nafar ayolni ishga olish rejalashtirilgan.