Belarus tergov qo‘mitasi mamlakatning Litva bilan chegarasida qo‘lga olingan Ales Mixalevich ishi bo‘yicha tergov harakatlarini qaytadan boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qo‘mita rasmiy vakili Sergey Kabakovning ta’kidlashicha, Mixalevich Belarusga qaytgani munosabati bilan unga nisbatan ochilgan jinoiy ish tiklandi. Ammo u mamlakatga o‘z ixtiyori bilan kelganligi uchun hibsga olinmay, manzilni ruxsatsiz tark etmaslik sharti bilan qo‘yib yuborildi.