Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi aeroport hududida huquqni muhofaza qilish organi xodimlari va jinoyatchilar o‘rtasida otishma yuz berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Natijada ikki nafar maxsus topshiriqli bo‘linma (OMON) xodimi va bir nafar Davlat avtomobil inspeksiyasi inspektori halok bo‘ldi. Yana bir inspektor og‘ir yaralandi.
Huquqni muhofaza qilish organi manbasining ma’lum qilishicha, Birlashgan tojik muxolifatining sobiq a’zosi hujum uyushtirganlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)