Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy rahbari Si Szinpin Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan uchrashuvi davomida Koreya yarimorolini yadroviy quroldan holi hududga aylantirish bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarni imkon qadar tezroq qayta boshlashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

“Xitoy keskin vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan har qanday harakatlarga qarshidir. Xitoy Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlar muzokaralar yo‘li bilan yaxshilanishda davom etayotganini olqishlaydi, nizolarning tinch va hamkorlik yo‘li bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Si Szinpin.

KXDRning yadroviy va raketa dasturlari yuzasidan tashkil etilgan olti tomonlama muzokaralar Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, AQSh va Yaponiya ishtirokida olib borilgan bo‘lib, 2009-yili Pxenyanning tashabbusi bilan to‘xtatilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg