Ukrainaning Odessa viloyati militsiyasi matbuot kotibi etib 28 yoshli fotomodel va teleboshlovchi Anna Pencheva tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi mazkur tayinlanish haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Qayd etish joiz, Pencheva Odessa Fashion Channel’da ishlagan, shuningdek, erkaklar uchun mo‘ljallangan Maxim jurnali muqovasi uchun suratga tushgan.
Bundan tashqari, bu qiz 2009-yili Miss Teen Ukraine go‘zallik tanlovida birinchi vitse-miss unvonini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)