Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pokiston harbiy-havo kuchlari mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatiga bergan aviazarbalar oqibatida kamida 15 nafar jangari halok bo‘lgan va sakkiz nafari yaralangan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: TASS

Foto: TASS

Pokistonning DAWN nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Pokiston harbiy-havo kuchlarining zarbalari Tirax vodiysidagi jangarilarga tegishli deb gumon qilingan bazalarga yo‘naltirilgan. Havo zarbalari oqibatida bunday bazalarning ikkitasi yo‘q qilingan.

Tirax vodiysi Tora-Bora tumani va Bara vodiysi oralig‘ida, Pokiston—Afg‘oniston chegarasining har ikki tarafida joylashgan bo‘lib, viloyat poytaxti Peshovar shahriga olib chiqadi. Jangarilar bazasi “Xayber-2” harbiy operatsiyasi doirasida nishonga olindi.

Biroq, DAWN manbalarining qayd etishicha, ma’muriy boshqaruv tizimi yo‘q bo‘lgan sharoitda va qo‘shimcha ko‘maksiz Tirax va Bara viloyatidagi harbiy muvaffaqiyatlarni saqlab qolish va mustahkamlash masalasi hali hamon ochiq qolmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi