Xitoy milliy neft va gaz korporatsiyasi (CNPC) Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida respublika neft va gaz sohasi uchun katta diametrli quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod quradi. Bu haqda “Gazeta.kz” xabar bermoqda.
Korporatsiya direktorlar kengashi raisi Van Ilinning ma’lum qilishicha, Olma-Otadagi sanoat hududida quriladigan zavodning investitsiya portfeli 150 million dollarga baholanmoqda.
Bundan tashqari, CNPC Ostona shahrida Oliy xoreografiya maktabi qurilishini ham qo‘llab-quvvatlaydi. “Mazkur loyiha shaxsan prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan boshlangan”, — deya qo‘shimcha qildi Van Ilin.
Izoh (0)