Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning  Trenton shahrida (Nyu-Jersi shtati) istiqomat qiluvchi o‘qituvchi Arnold Anderson ikki yil davomida 111 marotaba ishga kech kelgani uchun hakamlik sudi qarshisida javob berdi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Foto: philly.com

Foto: philly.com

“Menda yomon bir qusur bor — ertalab bamaylixotir nonushta qilishni xush ko‘raman. Endi bu odatimni tashlashga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidlagan Anderson. Uning aytishicha, aslida kech qolishlari ikki daqiqadan oshmagan. Faqat bir marta mashinasi buzilib qolgani tufayli 10 daqiqa ushlanib qolgan.

Maktab ma’muriyati va o‘qituvchining fikrlarini tinglagan sud Andersonni 1-yanvarga qadar vaqtincha ishdan chetlatish bilan kifoyalandi. Bunday qaror xodimning kech qolishlari qayd etib borilgan bo‘lsa-da, unga biror marta hayfsan yoki boshqa chora qo‘llanilmagani bilan izohlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi