Turkiyada Kurdiston Ishchi partiyasi (KIP) jangarilari politsiya xodimlari hamda oddiy fuqarolar ketayotgan avtobusni portlatib yubordi. Bu haqda The Daily Sabah xabar bermoqda.
28-avgust, juma kuni kechki payt mamlakat janubi-sharqidagi Mardin viloyatidagi estakadaga qo‘yilgan bomba portlashi oqibatida 24 kishi, jumladan, o‘n nafar politsiyachi yaralandi. Ular mahalliy kasalxonalarga yotqizilgan. Xavfsizlik xizmatlari ushbu qo‘poruvchilikni uyushtirgan kimsalarni topish bo‘yicha maxsus amaliyotni boshladi.
Izoh (0)