2015-yilning 27—28-avgust kunlari Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 13-kengashida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Mazkur tadbir 2014-yilning 8-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT bosh prokurorlarining 12-kengashi qarorlariga binoan o‘tkazilmoqda.
Bo‘lajak kengash kun tartibidan kiberjinoyatchilik va internet-makondan huquqqa zid holda foydalanishga, narkotik vositalar va psixotrop moddalarning chegaralardan noqonuniy olib o‘tishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari hamkorligining dolzarb jabhalarini mukokama qilish masalalari o‘rin olgan.
Bosh prokurorlar uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Kengash protokolini imzolash rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)