O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi Nigina Abduraimova Nyu-York shahrida start olgan yilning to‘rtta nufuzli turniridan biri, “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining saralash bahslarini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Iste’dodli tennischi birinchi bosqichda Katerina Vankovani 7:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Taqqoslash uchun, chexiyalik tennischi dunyo reytingida 227, Abduraimova esa 175-o‘rinni egallab turibdi.
Nigina ikkinchi davrada ukrainalik Marina Zanevskayaga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi WTA reytingida 141-pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)