Hindiston rasmiylari mamlakat g‘arbida joylashgan Gujarot shtatiga davlat korxonalarida ish o‘rinlari hamda mahalliy kollejlarda o‘qish o‘rinlari oshirilishi talabida o‘tkazilayotgan namoyishlar tufayli qo‘shin kiritdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Shtat hududida komendantlik soati joriy etilgan. Namoyishlar 25-avgust kuni Ahmadobod shahrida Gujarot aholisining katta qismini tashkil etuvchi patidar kastasi vakillari tomonidan boshlangan. Ularning 21 yoshli yetakchisi Xardik Patel qo‘lga olingach, politsiya bilan to‘qnashuv boshlangan.
To‘qnashuvlar oqibatida to‘qqizta politsiya uchastkasi va 30 ta avtobus yoqib yuborilgan. Politsiya ko‘zdan yosh keltiruvchi gazlar va tayoqlardan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan. Qayd etilishicha, patidarlar Hindistonda boy tabaqa hisoblanib, ular mamlakatda yashovchi musulmonlar, shuningdek, qashshoq tabaqalarga imkoniyatlar berilishiga yaqqol qarshi bo‘lgan guruhlardan biri sifatida ko‘rsatiladi.
Izoh (0)