O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov AQShning Nyu-York shahrida start olgan yilning to‘rtta nufuzli turniridan biri – US Open musobaqasining saralash bahslarida omadsizlikka uchradi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekistonlik tennischi saralashning ilk bosqichida germaniyalik Mixael Berrerga 6:7, 6:4, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Taqqoslash uchun, Do‘stov dunyo reytingida 157, Berrer esa 120-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh Ochiq chempionatining asosiy to‘ridan ishtirokini boshlaydi.
Izoh (0)