Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyaning Intelligent Energy kompaniyasi iPhone 6 standart korpusida smartfon bir hafta to‘yinmay ishlashiga imkon beruvchi vodorodli oziqlantirish elementini joylashtirishga erishdi. Bunday elementda vodorodning havo kislorodi bilan qo‘shilishi reaksiyasi hisobiga energiya hosil bo‘ladi. Bu haqda kompaniya vakillariga tayanib, The Telegraph ma’lum qildi, deya xabar bermoqda hitech.vesti.ru.

Foto: v-kurier.ru

Foto: v-kurier.ru

Intelligent Energy muhandislari dunyoda birinchi bo‘lib iPhone 6 korpusida (6,9 mm) odatiy litiy-ion batareyasi bilan birga joylasha oladigan vodorodli elementni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday qurilmani rozetka orqali ham, maxsus vodorodli kartrijlar yordamida ham to‘yintirish mumkin.

Ekspertlar kompaniya Apple bilan hamkorlikni boshlab yuborganini taxmin qilmoqda, biroq hali bu ovozalar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?