Rossiyaning “Energiya” raketa-kosmos korporatsiyasi 25-avgust kuni ochilgan “MAKS-2015” aviakosmik salonida birinchi marta yangi avlod transport kemasi qo‘mondonlik bo‘lmasining to‘laligicha uglerodli plastikdan ishlangan korpusini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Korpus uch qavatli konstruksiyadan iborat. Tashqi va ichki qoplamalar Rossiya kosmik kemasida ilk bora qora uglerodli plastik listdan ishlangan. To‘ldirgich — alyuminiy kataklar, shpangoutlar yaxlit uglerodli plastikdan yasalgan, qo‘mondonlik bo‘lmasi korpusining og‘irligi jami 637 kilogrammni tashkil etadi.
Izoh (0)