Tojikiston hukumati tegishli tuzilmalarga moliyaviy inqiroz sharoitida budjet mablag‘larini samarali va tejamkorlik bilan sarflash bo‘yicha choralar ko‘rish haqida topshiriq berdi. Bu haqda “News.tj” xabar beradi.
Tojikiston hukumati yig‘ilish bayonida davlat budjeti mablag‘larini samarali sarflanishini ta’minlash, ikkinchi darajali xarajatlarning oldini olish bo‘yicha rejali choralar ko‘rish yuklatildi. Hukumat ikkinchi darajali xarajatlarga xizmat transport vositalaridan foydalanishni ham kiritdi.
Moliya vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, davlat budjetining umumiy hajmi joriy yilning yetti oyi davomida 8 milliard 184,5 million somonini tashkil etgan.
Izoh (0)