16-avgust kuni Rayhonning singlisi Nasiba o‘zining kursdoshi Jamshid Nigmanovga sevib-sevilib turmushga chiqdi. Ularning har ikkisi tibbiyot sohasida o‘qiydi. Kunduz kungi marosimlarda “Shahzod” guruhi solisti Rashid Holiqov xizmatda bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Nikoh kechasining suratlarini “Sayyod.com” taqdim etdi.
Unda xonanda Akbar va Nilufar Sotiboldiyeva boshlovchilik qildi.
Marosim avvalida kichkina mashinada to‘yxonaga jajji kelin va kuyovchalar rolidagi bolachalar kirib keldi.
Ekranda Jamshid va Nasibaning bolalikdagi videolavhalari birgalikda montaj qilinib, video ketma-ketlik qilingani namoyish qilindi.
Nasibaning dugonalari unga atab qo‘shiq kuylab, o‘ziga xos tabrik-klip taqdim etishgani ekranda namoyish etildi.
Rayhon shodligini baham ko‘rish uchun kelgan barcha hamkasblarini Rayhon qo‘llab-quvvatlab raqsga ham tushdi, mana shunday chiroqlar tushirib ham turdi va o‘sha qistir-qistirlarda ham ishtirok etdi.
“Bojalar” guruhi repertuaridagi “Jamshid” va “Nasiba” qo‘shiqlari shu kuni yangrab, kelin-kuyovni raqsga chorladi.
Rayhonning hamkasb dugonalaridan biri Lola.
Sardor Rahimxon davrani juda qizitdi.
Shoxruhxon qay tarzda davrani qizdirganini suratlardan ko‘rish mumkin.
Munisa esa davrani lovullatishi sir emas.
Rayhonning maxsus “Kelinchak” qo‘shig‘iga kelin-kuyov maxsus raqsni taqdim etdi.
Ra’no Yarasheva “Kelinsalom”ni o‘tkazgach, fotiha berildi.
Izoh (0)