Xitoyning Tyanszin shahridagi portlashlar epimarkazidan sharqda joylashgan hududlar sianid natriy bilan zaharlanganligi aniqlandi. Bu haqda “Vedomosti.ru” xabar beradi.
Hozirda ushbu hududni vodorod perekisi sepib chiqish yo‘li bilan zararsizlantirish ishlari boshlandi.
14-avgust, juma kuni XXR Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi portlash oqibatlarini bartaraf etish hududida sianid aniqlanganligini ma’lum qildi. 15-avgust, shanba kuni Xitoy OAVlari qutqaruv operatsiyasining barcha xodimlari portlash epimarkazidan uch kilometr masofadagi hududdan zudlik bilan evakuatsiya qilinganligi haqida xabar qildi.
Izoh (0)