Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 14-avgust kuni hukumat majlisi yakunida davlat ommaviy axborot vositalarining ishidagi kamchiliklar uchun qator amaldorlarga hayfsan e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Berdimuhammedov gazeta va jurnallar o‘z materiallarida ko‘plab va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yayotganini ta’kidlagan. Jumladan, u 2017-yilda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining OAVda yoritilishidan g‘azablangan. Berdimuhammedov na matbuotda, na xalqaro telekanallarda mamlakat uchun muhim bo‘lgan ushbu tadbir haqida reklamalar, shuningdek, unga bag‘ishlangan maqola va videomateriallar yo‘qligini qayd etgan.
Turkmaniston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida davlat sirlarini muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Yazmuhammed Yazliyevga, Turkmaniston davlat matbaa xizmati raisi Akmirat Xudoyberdiyevga, hukumat raisi o‘rinbosari Maysa Yazmuhammedovaga hayfsan e’lon qilingan, Turkmaniston davlat axborot agentligi raisi Bekurdi Amansariyev “Neytral Turkmaniston” gazetasining bosh muharriri lavozimidan ozod etilgan.
Izoh (0)