Turkiya sharqidagi Bingel viloyatida yo‘l ustidagi minaning portlatilishi natijasida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
CNN Turk telekanalining ma’lum qilishicha, bomba Kurdiston ishchi partiyasi tomonidan qo‘yilgan. Hodisa Karliova uyezdining tog‘li hududida sodir bo‘ldi. Portlash qurilmasi harbiylarning zirhli avtomobili yo‘ldan o‘tish chog‘ida masofadan ishga tushirilgan. Portlashdan so‘ng, terrorchilar askarlarni o‘qqa tutdi, otishma yuzaga keldi.
Bir necha harbiy jarohatlar tufayli kasalxonaga yetkazildi. Hududda hujum qilganlarni qidirish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)