1993−2006-yillarda Burundi armiyasi bosh shtabiga rahbarlik qilgan Jan Bikomagu 15-avgust kuni mamlakat poytaxti Bujumbura shahrida o‘ldirib ketildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, Bikomagu uyga qaytayotganida noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
24-iyul kuni Burundi prezidenti Pyer Nkurunziza uchinchi muddatga qayta saylangan edi. Saylovdan oldinroq boshlangan tartibsizliklar mamlakatdagi vaziyat qaltis holatga kelishiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)