Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat kapitulyatsiya qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan nutqida Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi harakatlari uchun undan aziyat chekkan barchadan kechirim so‘radi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Mamlakatimiz chuqur anglagan holda o‘tgan jahon urushidagi harakatlari uchun chin qalbdan kechirim so‘raydi. Hukumatning tarix masalasidagi ushbu pozitsiyasi o‘zgarishsiz qoladi”, − dedi u.
Shu bilan birga, Abe mojaroda ishtirok etmagan kelajak avlod doimiy kechirim so‘rash yukini o‘z yelkasida ko‘tarib yurmasligi lozimligini ma’lum qildi. “Biz ushbu urushga aloqasi bo‘lmagan bolalarimiz, nevaralarimiz va undan keyingi avlod kechirim so‘rashga majbur bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, − dedi Yaponiya bosh vaziri.
Izoh (0)