Amerikaning Apple kompaniyasi xususiy internet-televideniye xizmatini ishga tushirishni 2016-yilga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Apple internet orqali ishlovchi televideniye xizmatini 9-sentabr kuni San-Fransiskoda taqdim etishni rejalashtirgan edi. Biroq buning uchun CBS, Fox va NBC telekompaniyalaridan litsenziya olish jarayoni kutilganidan ko‘proq vaqt talab etishi ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, ba’zi manbalarning ma’lum qilishicha, kompaniya AQSh hududida barqaror ishlashni ta’minlab beruvchi yetarli darajadagi kuchli kompyuter tizimiga ega emas.
Izoh (0)