Xitoyning Tyanszin shahrida yuz bergan portlash oqibatida shaharning port hududida 2748 ta yangi mashina yonib ketdi, deb xabar bermqoda “RIA Novosti”.
Portda avvalroq Xitoyga import qilingan Volkswagen rusumidagi yangi avtomobillar bo‘lgan. Yong‘in oqibatida 1065 ta Touareg, 770 ta Multivan, 391 ta Beetle, 251 ta Teegle, shuningdek, o‘nlab Magotan, Up, Golf, va Golf Sportsvan modellari yonib ketgan.
Avvalroq, portlash oqibatida 44 kishi halok bo‘lgani, 520 kishi shifoxonalarga yotqizilgani, 21 kishi esa bedarak yo‘qolgani xabar qilingan edi. Shuningdek, halokat oqibatlari aks etgan fotosuratlar ham taqdim etilgan.
Izoh (0)