“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi so‘nggi kunlarda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida paydo bo‘lgan navbatlarni izohladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bergan.
“Muhtaram hamyurtlar! Ayni kunlarda respublikamizning ayrim hududlaridagi, shuningdek poytaxtdagi ba’zi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQShlarda) avtobenzinga navbatlar kuzatilmoqda. Mazkur holat ‘O‘zneftmahsulot’ aksiyadorlik kompaniyasiga bog‘liq bo‘lmagan omillar natijasi o‘laroq yuzaga kelmoqda”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Shunday omillardan biri sifatida “avtobenzinning narxi oshar ekan”, – degan shov-shuv xabarning tarqalgani ko‘rsatilgan. “Shu munosabat bilan, yana qayta ta’kidlaymizki, yaqin kelajakda avtobenzin narxining oshirilishi kutilmayapti”, — deyilgan bayonotda.
Izoh (0)