Iroq poytaxti Bag‘dod yaqinidagi shaharchada bomba o‘rnatilgan yuk mashinasi portlashi oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘lib, 200 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Portlash Iroq poytaxti shimoli-sharqida joylashgan Madinat as Sadr shaharchasidagi bozorlardan birida 13-avgust kuni sodir bo‘lgan.
Mintaqada faoliyat yuritayotgan guruhlardan birortasi hozircha ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan.
Izoh (0)