Belgiyada 13-avgust, payshanbaga o‘tar kechasi “Tianj-3” atom elektr stansiyasi reaktorlaridan biri avtomatik ravishda o‘chib qoldi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Belgiyaning RTBF radioeshittiruv kompaniyasining ma’lum qilishicha, favqulodda holat atom stansiyasiga texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida yuz bergan.
“Uchinchi blok favqulodda vaziyatlardagi kabi avtomatik ravishda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Biroq hech qanday xavf yo‘q. Biz tezroq bu holatni bartaraf etish uchun hodisa sabablarini aniqlamoqdamiz”, — deydi AES vakili Serj Dobi.
Izoh (0)