Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida besh oylik bolasini 700 dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi, deb xabar beradi “12news.uz”.
Qo‘qon shahri prokuror o‘rinbosari Shuhrat Musayevning ma’lum qilishicha, 21 yoshli ayol ikkinchi farzandiga homilador ekanligida eri bilan ajrashgan. U bir muddat ota-onasinikida yashab, keyin ijara uyga chiqqan.
Dastlab ayol bolasini 1000 dollarga sotishni rejalashtirgan, biroq xaridor bilan kelisha olmagach, uni boshqaga 700 dollarga sotishga uringan. Ayolga nisbatan uch yillik sinov muddati tayinlandi, bola esa Qo‘qon shahar go‘daklar uyiga joylashtirildi.
Izoh (0)