Amerika pul birligi Moskva birjasidagi savdolarning ochilishidan so‘ng 65 rubldan oshdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Moskva vaqti bo‘yicha 10:10 da dollar 65,12 rublga yetdi. Yevropa pul birligining ham birjadagi kursi oshdi. Yevro savdolar ochilgandan bir necha daqiqa o‘tib, 72 rubldan oshdi. Moskva vaqti bo‘yicha 10:10 da yevro 72,25 rublga savdo qilindi. Bu esa avvalgi savdolarning yopilishidagi ko‘rsatkichdan 1,16 rublga qimmatlashganligini ko‘rsatadi.
Brent neftining barreli 12-avgust tongida London birjasida 48,99 dollarga baholandi.
Izoh (0)